Ðåôåðàò: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà
Ðåôåðàò: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà
O’ZBEKISTON
RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR
VAZIRLIGI
JAHON
IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI
“SIYOSATSHUNOSLIK”
KAFEDRASI
Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro
munosabatlar
Tayyorladi:Sultonov
B.N.3-1a-00,XM
Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.
TOSHKENT-2003
Mundarija
1. Kirish........................................................................ 3
2. Urushning sabablari................................................. 4
3. Antanta davlatlarining
bosqinchilik rejalari........... 5
4. Germaniyaning bosqinchilik
rejalari....................... 7
5. 1914-1917 yillardagi
jangovor harakatlar.............. 8
6. Bolgariyaning urushga
qo’shilishi........................... 12
7. Birinchi jahon urushi
davrida Yaponiya................ 14
8. Birinchi jahon urushining
yakunlanishi................. 17
9. Xulosa....................................................................... 18
10.
Foydalanilgan
adabiyotlar 19
Kirish
XIX asr oxiri – XX asr
boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bo’lgan kurash
Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda
Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi.
Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq
unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo’shildilar.
Davlatlarning mazkur ikki
guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish, ta’sir doiralarini qaytadan
taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o’zaro
nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash
borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o’ziga xos xususiyati shunda
ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo’lib olinmagan yerlarni
qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun
olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon
bozorida alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.
1914 yil yozida Germaniya
qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha
Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga
keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Bu narsa
Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z raqiblaridan ustunlikka erishgan
va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi
jahon urushining tezlashishiga sabab bo’ldi.
Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916)
ancha keksaygan va hayotining so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning
so’nggi podshoxi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka
hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning
jiyani, taxt vorisi – ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi.
U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy
partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga
bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan
o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.
Sarayevo shaxri bo’ylab
sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan
tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari tomonidan o’ldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa
vaziyatda nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir
bo’lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni
boshlash imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor
emasligini bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila
olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.
Avstro-Vengriya hukumati
Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda
Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila
olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar
xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va
germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan
yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda
edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori
Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni
ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi.
Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga
urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi.
Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya
Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini,
shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo’lgan bir qancha orollarini
bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22
iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda
Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya Turkiyaga urush e’lon qildi.
Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil 23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga
urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.
Urushning
sabablari
Urushning eng asosiy sabablari
bu – Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar
ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida
ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash
edi.
Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir maqsadi
bor edi. Germaniyaning asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini
bosib olish, Franciya va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda(
Sharqiy O’rta Yer dengizi mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish
edi.
Avstro-Vengriya -
Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi slavyan xalqlarining
milliy-ozodlik harakatini bostirish;
Angliyaning asosiy maqsadi
Germaniyani kuchsizlantirish, uning mustamlakalarini bir qismini bosib olish,
Usmoniylar imperiyasini bo’lish edi.
Franciyaning asosiy maqsadi
Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib olish;
Rossiyaning asosiy maqsadi
Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bo’g’ozlarida o’z hukmronligini o’rnatish,
Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik
havfini bartaraf etish;
Italiyaning asosiy maqsadi
Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.
Antanta
davlatlarining bosqinchilik rejalari
Hali urush boshlanishidan
ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida kelajak o’ljani qay tarzda
bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi. Rossiya tashqi ishlar vaziri
Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari Paleolog va Byukenenga dunyoni
urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi. Bu dastur Germaniya va uning
ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni ko’zda tutar edi. Uning
mazmuni quyidagicha edi:
1)Ittifoqchilarning eng
asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini sindirishdan iborat; 2)hududiy
o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga
Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya
va G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida
tiklash mo’ljallangan edi); 4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib
berilar,Reyn viloyati va Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning
hududi Germaniya hisobiga kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga
qaytarib berilar edi; 7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover
qirolligi qayta tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat – Avstriya,
Vengriya va Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi;
9)Serbiyaga Bosnia, Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi
kerak edi;10) Serb makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona
Italiyaga, Janubiy Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari
Angliya, Franciya va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya
va Avstriyadan kontributciya undirib olinishi kerak edi.
Bu dasturdan ko’rinib
turibdiki Rossiya asosan o’zining manfaatlaridan kelib chiqqan holda bu
masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qo’shimcha talab bilan chiqdi. U
Rossiya kemalarining bo’g’ozlardan erkin, hech qanday to’siqsiz kechishini
ko’zda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini bosib olish davo’larini
hali qilmagan edi.
Turkiyani bo’lib olish
masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi. Sazonovning dasturiga o’z
munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya
Germaniyaga qo’shilsa, bu davlat barham topishi kerak”- dedi. U tinchlik
dasturiga german flotinig topshirilishi, Kil kanalining neytrallashtirish,
Italiya va Ruminiyaning manfaatlari hisobga olinish kabi qo’shimchalar
qo’shilshi kerakligini ta’kidladi. Lekin Grey Franciyaga Reyn viloyati
berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib urushning dastlabki kunlaridan
ittifoqchilar o’rtasida mustamlakalar borasida kelishmovchiliklar kelib
chiqdi.
Turk merosini bo’lib olish
borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash avj oldi. Ruslar uchun
Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li Erondan, turklarning o’ng qanotini
aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati bunga yo’l qo’yishni istamas
edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan suhbatida uni shu narsaga ishontirishga
harakat qilar ediki, rus hukumati Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda
foydalanmasligi kerak edi. Uning fikricha Rossiya o’z kuchlarini german
frontidan chalg’itmasligi kerak edi. Germaniya bilan kurash Turkiya bilan
urushning natijasini hal qilar edi. U agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa,
Konstantinopol(Istanbul) va bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga hal
qilinishini takidlaydi.
Oradan ko’p o’tmay Greyning
fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi. Lekin 1914 yil 14 noyabrda rus
hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi o’rinda Rossiya bor kuchini
german frontiga yuborishi, turk frontida esa faqat mudofaa bilan cheklanish
kerakligi haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va Stambul masalasi esa Rossiya
roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar edi. Bu nota uncha ham
ishonchli emas edi.
G’arbiy frontda qiyin
vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar qo’mondonligi dushmanni yengish
uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar. 1915 yil 25 fevralda ingliz va
francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa
tuta boshladilar.Dardanel operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya
bosh vaziri Venizelos Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel
bo’g’oziga desant va flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati
bundan juda hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib
Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.
Lekin Greciya qiroli
Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet tarafdori edi. U 1915
yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi. Greciya neytral bo’lib
qoldi.
Agar Dardanel operaciyasi
muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar ustidan nazorat Angliya va
Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya Rossiyaga berilgan va’da, yani
Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda Konstantinopolni berishni biror bir
rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga shoshilmas edilar.
Germaniyaning
bosqinchilik rejalari
Germaniyaning bosqinchilik
rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta davlatlarining rejalaridan ham kengroq
edi.German hukmron doiralari dunyoni tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar.
German hukmron doiralari orasida paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita
eng yirik Germaniya iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar
memorandumi. Olti eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni
nazarda tutar edi: ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning
mustamlakalarini bosib olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar
yuklash; Belgiya ustidan protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma
daryosigacha bo’lgan hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden,
Vogez va Belfor qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib
olingan yirik va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis
oficerlari qo’liga berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining
zararlari esa Franciya hisobiga qoplanar edi.
Yevropaning sharqida ham
yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish ko’zda tutilgan edi. Hujjat
tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng sanoatning rivojlanishi uchun yirik
agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning uchun ulkan yer resurslari talab qilinar
edi. Yuqorida keltirilgan hujjat o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi
hujjatlardan biri bo’lib, ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari
faqat hukmron doiralar uchun mo’ljallangan edi.
Germaniyaning hukmron
doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast edilar va butun dunyoda
Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo o’zlarini ko’klarga ko’tarib
maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog Germaniyaning o’sha paydagi
kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat tutdi va o’z chiqishlarida
Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda
esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l ostida birlashtirishga qaror qilgan
edi.
1914-1917
yillardagi jangovor harakatlar
Germaniya qo’mondonligi
harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq Belgiyaga asosiy hujumni
boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega
bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir hamla bilan urushni yakunlash nazarda
tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari shiddatli hujum natijasida bir necha
hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani bosib o’tdilar va Franciya hududiga
kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna sohillariga chiqdilar.1914
yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida francuz va nemis
qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis qo’shinlari
mag’lubiyatga uchradilar.
Sharqiy Prussiyada rus
askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining mag’lubiyatida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi dastlab muvaffaqiyatli
boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya hududiga yorib
kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini qaytarish uchun
askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga tashlashga majbur bo’ldi.
1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga
kirishi munosabati bilan Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy
chegarasida yangi frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor
bo’lmaganligi sababli Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga
uchradilar.
1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga
qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga
qo’shildi.
Marna bo’yidagi janglarda
mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar Germaniyaning sherigi Turkiyani
urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator operaciyalarni malgam oshirdilar.
1915 yil fevral oyida ingliz – francuz floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi
istehkomlarni bombalashga kirishdi. Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani
bermadi. Bu operaciya davomida 200 mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va
yaralandi. Natijada ana shu hamla tashabbuskori, Angliya harbiy flotining
birinchi lordi Uinston Cherchill vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen
uning siyosiy faoliyatida 25 yil tanaffus bo’ldi.
Shu bilan faol jangovor
harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida mantiqsiz turg’un urush davom
etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan vaziyatni buzishni istamas edi.
Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.
Dardanell operaciyasining
boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov
ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi bo’g’ozlarni
berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z majburiyatlarini
bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur bo’lishini aytdi. Bu shuni
anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi bo’lish tarafdori bo’lgan kishi
bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus
podshosi saroyida qirolicha boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi
katta firqa mavjud bo’lgan.
1915 yil 12 martda Angliya
rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga tutashgan hududni,Bosfor va Marmar
dengizining g’arbiy qismini, Gallipol yarim orolini, Janibiy Frakiyani
Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya
va Franciya Turkiyaning Osiyodagi mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik
huquqini olar edi. Rossiyaning qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya
Eronning neytral deb e’lon qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya
qo’liga cheksiz neft zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.
Franciya esa Turkiyaga
juda katta investiciyalar kiritgan edi. Shuning uchun Turkiyani bo’lib tashlash
rejasiga Franciya salbiy munosabat bildirgan edi.Ammo Turkiyaning Osiyodagi
yerlaridan katta ulush olishini mo’ljallagan Franciya hukumati 10 aprel kuni
ingliz-rus shartnomasi shartlariga rozi bo’ldi.
Dardanel bo’yidagi
operaciyaning barbod bo’lishi Antanta ittifoqchilarini G’rbiy frontdagi
jangovor harakatlarga qaytishga majbur qildi. Germaniya ham Franciya hududida
hal qiluvchi jangga kirishishni va uning qarshiligini sindirishni
rejalashtirdi. Germaniya bosh shtabi Franciyaga uning eng mustahkam mavqei –
Verden qal’asi orqali hujum uyushtirishga ahd qildi. 1916 yil 21 fevralda germaniyaning
5-armiyasi ulkan harbiy operaciyani boshladi. Hujumdan oldin francuz
istehkomlari to’plardan shiddatli o’qqa tutildi. Krupp zavodlarida tayyorlangan
va uning qizi Berta nomi bilan “Katta Berta “deb atalgan o’ta kuchli to’plar
bilan jami 850 ta og’ir to’p ishga tishdi. Jangda Evropaning eng qudratli ikki
armiyasi yuzma-yuz keldi. Milliy g’urur tuyg’usi junbushga keldi.Franciya
qo’mondonligi bir qadam ham chekinmaslikka buyruq berdi, askarlar so’nggi
nafaslarigacha jang qildilar.Verden Franciyaning va francuz armiyasining
ruxini ko’tardi. Verden ostonalaridagi jang 1916 yil 21 dekabrgacha
davom etdi va ikkala tomonga ham katta talafotlar keltirdi. Franciya va
Germaniya bu yerda 700 mingdan ortiq askar yo’qotdi.
Verden jangining yakunida
Rossiya armiyasi katta rol o’ynadi. Bu yerdagi janglarning hal qiluvchi
bosqichi general Brusilov qo’mondonligidagi rus armiyasining Janubiy-G’arbiy
frontga hujum boshlashi va Avstriyaning 1,5 millonga yaqin askar va zobitini
yo’q qilishi bilan yakunlandi.Shundan so’ng Avstro-Vengriya amalda jangovor
harakatlar qilish qobiliyatini yo’qotdi, Germaniya esa tezda bu frontga
o’zining asosiy zaxira kuchlarini tashlashga majbur bo’ldi.
Verden ostonalarida jang
davom etayotgan bir paytda Antanta ittifoqchilari Somma daryosi bo’yida
Verdendan 250 km va La-Manshdan 90 km bo’lgan ingliz mudofaa sektorida hujum
boshladilar. Britaniya to’plari deyarli etti kun davomida german qo’shinlarini
o’qqa tutdi.1916 yil 1 iyulda Britaniya ko’ngilli askarlari hujumga
tashlandilar.Ularning soni 100 mingdan ortiq edi, ammo inglizlarning hujumi
yerga chuqur ko’milgan nemis pulemetlarining shiddatli o’tiga duch keldi.
Nemislarning talafoti ko’p edi, ammo inglizlar ham jami o’lganlar va
yaralanganlar bilan 50 mingdan ortiq kishini yo’qotdilar. Bu mantiqsiz qonli
qirg’inda hech qaysi tomon muvaffaqiyatga erisha olmadi.
1916 yili Yevropada
hammasi bo’lib 2 milliondan ortiq kishi halok bo’ldi, ammo urushda o’zgarish
bo’lmadi.Germaniya va Avstro-vengriya moddiy manbalari yugab borardi. Ingliz
flotining ustunligi sababli dengiz tomonidan qilingan qamal nihoyatda samarali
bo’ldi. Qamal tufayli Germaniya oziq-ovqat va malgamc xom-ashyolarning
o’zidagi zaxiralari bilan kifoyalani9shga majbur bo’ldi. Bu esa surunkali urush
olib borish uchun yetarli emas edi. Antantaga esa AQSh yordam berar va u o’z
mustamlakalari manbalaridan erkin foydalanish imkoniyatiga ega edi.
Rossiyadagi ahvol juda
og’ir edi. Uning hom – ashyosi va inson manbalari yetarli bo’lsa-da, iqtisodiy
qoloqlik ulardan samarali foydalanish imkonini bermas edi. Transport tizimining
tamomila izdan chiqqanligi, harbiy idoralardagi o’g’rilik, harbiy-siyosiy va
iqtisodiy tuzulmalarning eskirgan tizimi va tartibsizliklar Rossiyani iqtisodiy
va siyosiy inqiroz eshigiga olib keldi.
Bolgariyaning
urushga qo’shilishi
Italiyaning siyosiy
orientaciyasi va Uzoq Sharqdagi kurash bilan birga Bolqon uchun kurash ham avj
olib ketdi.Bu yerda Bolgariyaning ahmayati katta edi. Birinchidan Bolgariya
eng katta armiyaga ega edi. Ikkinchidan o’zining qulay geografik yerda
joylashganligi sababli u ham Serbiyaga , ham Greciyaga va Ruminiyaga qulay
hijum qilish uchun placdarm edi.Agar Bolgariya Germaniya tarafida urushga
kirsa, u holda Serbiya zarba ostida qolar edi va Ruminayaning Antantaga
kirishinni qiyinlashtirar edi.Agar Bolgariya Antantaga qo’shilsa, u holda
serbiya uchun yordam taminlanar edi va Greciya va Ruminiya Bolgariyadan namuna
olar edilar.
Shunday qilib 1914 yildagi
urush holatida Bolgariya butun Bolqon yarim orolining kalitiga aylandi.Shuning
uchun urushayotgan davlatlar urushning dastlabki kunlaridan bolgariyani
o’ztaraflarida urushni boshlashga harakat qildilar.Rossiya tashqi ishlar vaziri
Sazonov shuning uchun ham Bolgariyani Rossiya tarafiga og’dirish uchun ko’p
zo’r berdi. Antanta Bolgariya bilan kelishuvga faqat bir holda erishishi mumkin
edi.Bu ham bo’lsa Serbiya va Greciyani 1913 yil Bolgariyadan tortib olgan
hududlarni qaytarib berishga ko’ndirish edi.Sazonov 1914 yil avgust oyidan
boshlab serb va grek hukumatlariga Bolgariyaga ba’zi bir yon berishlarga
borishini so’rab murojaat qilgan edi. Ammo Greciyadan buni so’rash mantiqqa
to’g’ri kelmas edi.Bu narsa faqat Greciya qiroli boshchiligidagi Germaniya
tarafdorlari poziciyalarini mustahkamlar edi.Qolaversa Greciya Bosh vaziri
Venizelos Antanta tarafdori bo’lsa-da, Greciya urushga o’zining ashaddiy
dushmani bo’lgan Bolgariga hududiy yon bosishlar evaziga kirmasligi aniq edi.
Antantaning Serbiyadan
umidi katta edi.serbiya urushga kirgan edi. Va neytral Greciyaning axvoliga
ko’ra uning axvoli qiyinroq edi.serbiya bosh vaziri Pashich Bolgariyaga serb
Makedoniyasini berishga qaror qildi, buning evaziga agar Antanta g’alaba
qozonadigan bo’lsa, Serbiya Avstriyaga tegishli bo’lgan bir qator janubiy
slavyanlar yashaydigan hududlarni olishi kerak edi.Ammo bunday noaniq vadalar
bilan Bolgariyani ko’ndirish juda qiyin edi.Bolgariya Antanta tarafida urushga
kirishi uchun makedoniyani talab qilayotgan edi.Bunga serblar “Makedoniyaning
bir qismini bolgarlarga berguncha, butun Serbiyani Avstriya bergan maqul “ deb
javob berdilar.
Germaniyaning
Bolgariyadagi ta’siri juda katta edi.qirol Ferdinand ularning tatafida
edi.Urushning birinchi kunlaridanoq Germaniya va Avstriya Bolgariyani Serbiyaga
hujum qilishga undab kelayotgan edi.Germaniya va uning ittifoqchilari
Bolgariyaga butun Makedoniyani, eski Serbiyani va agar Ruminiya Antantaga
qo’shilsa, Janibiy va Shimoliy Dombrudjani berishga vada berdilar.Ammo
Bolgariya hali urushga tayyor emas edi. Bolgariya neytral vaziyatda qolishni
afzakl topdi.
Bolgariya uchun bo’lgan
kurashning natijasini harbiy vaziyatning o’zgarishi hal qildi. Dardanel
operaciyasining mag’lubiyatga uchrashi, rus armiyasining sharqiy frontdagi
og’ir mag’lubiyati va Avstriya va Germaniya qo’shinlarining Serbiyaga qarshi
katta qo’shin yuborishi ham bolgar hukmron doiralarining qo’rquvini bosdi.
Qirol Ferdinand va uning tarafdorlari katta o’ljalar vada berayotgan, ammo
Bolgariya uchun havfli bo’lgan Germaniya tarafida urushga kirishga qaroq
qildilar.1915 yil 3 sentyabr kuni Turkiya – Bolgariya, 6 sentyabr kuni esa
Bolgariya, Germaniya va Avstro-Vengriya o’rtasida o’zaro ittifoqchilik
to’g’risida shartnoma imzolandi. Shunday qilib “To’rtlat ittifoqi” tuzildi.
Greciya borasida ham
qiyinmasala turar edi.U kim tarafida urushadi? Germaniya tarafidami yoki
Antanta? 1915 yil avgustda Greciya parlamentiga saylovlar natijasida hukumat
tepasiga yana Venizelos keldi. O’sha yili sentyabrda Bolgariyaning Serbiyaga
hujum qilish xavfi tug’ilganda grek bosh vaziri Serbiyaga yordam berishi
haqida aytdi, lekin buning uchun ittifoqchi davlatlar Salonikiga 150 ming
kishilik armiyani jo’natishlari kerak edi.
Franciya va Angliya
Venizelosning ushbu taklifini qabul qildilar. Ammo francuz qo’mondoni Joffer
bunga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Aytilgan qo’shinga 22 ming kishi yetmas
edi.Greciya bilan ittifoqchilar o’rtasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda
grek qiroli ikkinchi marta Venizelosni lavozimidan ozod etdi va Greciya yana
o’z neytralitetini e’lon qildi.Salonikiga hali bor yo’g’i 80 ming kishilik
armiya tashlangan edi. Bundan foydalangan Bolgariya qo’shinlari 14 oktyabr kuni
Serbiyaga hujum qildi. Bir paytning o’zida shimol tarafdan Avstro-Vengriya va
Germaniya qo’shinlari hujumga o’tdi. Ittifoqchilarning Salonikidagi
qo’shinlari Serbiyani qutqarib qola olmadi.Serbiya armiyasi to’la mag’lubiyatga
uchradi va uning qolgan qutgan qismi Korfu oroliga evakuaciya qilindi.
Birinchi
jahon urushi davrida Yaponiya
Yevropadagi urush Yaponiya
uchun qulay vaziyat tug;dirar edi. Buning natijasida Yaponiya Germaniyaning
Xitoydagi va Tinch okeanidagi mustamlakalarini bosib oldi.1914 yil Yaponiya
Xitoyga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlana boshladi.
!914 yil dekabr oyida
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Kato yapon siyosatining mazmunini ommaga
anglatish uchun nutq so’zladi. 1914 yil 15 avgust kuni Yaponiyaning
Germaniyaga qo’ygan ultimatumiga ko’ra Yaponiya o’sha paytda Germaniyaga
tegishli bo’lgan Czanchjouni Xitoyga qaytarib berish maqsadida olayotganini
malum qilgan edi. Endi esa Kato bu taklif Germaniyaga faqat mojaroning tinch
yo’l bilan hal qilish umidida qilinganligini takidlaydi. Nemislar bu taklifga
ko’nmadilar va “endi Czanchjou taqdiri urush tugagandan so’ng hal qilinadigan
bo’ldi.Yaponiya hech bir boshqa chet davlat oldida ushbu masala yuzasidan majburiyat
olgani yo’q.” [1]
Umuman olganda Yaponiya
Uzoq Sharqda faqat Germaniya yerlari bilan cheklanib qolmas edi. Gap butun
Xitoyning taqdiri haqida ketayotgan edi.1915 yil 18 fevral kuni Xitoy
hukumatiga yaponiyaning rasmiy notasi jo’natiladi.Unda Yaponiyaning Xitoyga 5
qismdan iborat bo’lgan 21 moddali talablari joy olgan edi.
Talablarning birinchi
guruxi Shandunni Germaniya tasir doirasidan Yaponiya tasir doirasiga
aylantirishni ko’zda tutar edi. Bu gurux talablarning eng muximida shunday
deyilardi:”Xitoy hukumati Shandun provinciyasi borasida Yaponiya va Germaniya
qandat qarorga kelishidan qat’iy nazar ilgari Germaniya bilan tuzilgan
kelishuvlar, shartnomalar sababli hamma shartlarga to’la rozilik berish
majburiyatini oladi.
Talablarning ikkinchi
guruxi esa Shandun provinciyasi boshiga tushgan taqdirni sharqiy Mo’g’uliston,
Janibiy Manjuriya boshiga solishni nazarda tutar edi. Port-Artur, Janibiy
Manjuriya va Andun-Mukden temir yo’llarining ijaraga olish muddati yana 99
yilga cho’zilishi ko’zda tutilgan edi. Undan tashqari yapon fuqarolari Janubiy
Manjuriya va Sharqiy Mo’g’ulistonda yangi yerlar sotib olish, ushbu hududlarga
erkin ko’chib kelish va u yerlarda sanoat, savdo-sotiq va boshqa sohalar bilan
shug’ullanish huquqini olar edilar. Xitoyga tog’-kon sanoatida Yaponiyaga
koncessiyalar berish taklif qilingandi. Bundan tashqari Xitoy Yaponiyaning
roziligisiz ushbu hududlarda temir yo’llar qurilishi bo’yicha boshqa
davlatlarga koncessiyalar bermaslik majburiyatini olishi kerak edi.va nixoyat
Xitoy Yaponiyaga Girin – Chanchun temir yo’lini nazorat qilish va boshqarishni
topshirishi kerak edi.
Uchinchi gurux talablar
esa asosan Xitoydagi yapon korxonalariga katta imtiyozlar berilishiga
qaratilgan edi. Unda asosan Xanyepin kompaniyasi, ko’mir-metallurgiya kombinatini
aralash xitoy-yapon jamiyatiga aylantirish mo’ljallangan edi. Yaponiyaning
roziligisiz Xitoy o’z tashabbisi bilan bu kompaniyaga berilgan haq-huquqular
va mol-mulkdan foydalanoshi taqiqlanadi va ushbu vakolat Yaponiya uchun 2007
yilgacha berilishi kerak edi.Xanyonin kompaniyasiga uning korxonalari atrofida
joylashgan tog’-kon resurslaridan foydalanishga monopol huquq berilgan edi.
To’rtinchi gurux
talablarda oldingi talablarning kafolati tarzida Xitoyning hududiy yaxlitligini
taminlash haqida gap borar edi. Aslida esa bu Yaponiyaning Xitoyda
gegemonligini taminlashiga qaratilgan tadbir edi.
Lekin eng qiyin talablar
beshinchi gurux talablar edi.Ushbu talablarning qabul qilinishi Xitoyning
Yaponiya protektoratini qabul qilishni anglatardi.ulkardan asosiylari
quyidagilar:”1-modda. Xitoy hukumati muhim iqtisodiy, siyosiy va harbiy ishlar
bo’yicha yapon mutaxasislarini maslahatchi tarzida taklif qiladilar.”
3-modda.”Xitoyning markaziy joylarida policiya yaponlar va xitoylar tomonidan
boshqarilishi yoki u yerda policiyachilar asosan yaponlardan iborat bo’lishi
kerak .” 4-modda.”Xitoy Yaponiyadan Xitoy hukumatiga kerak bo’lgan malum miqdordagi
qurol-aslaha sotib oladi(umumiy talabning 50% miqdorida)yoki Xitoyning o’zida
yapon-xitoy arsenali yaratiladi.Bu maqsadda Yaponiyadan texnik ekspertlar
taklif qilinishi va yapon materiallari sotib olinishi mumkin.” Huddi shu yerda Xitoyning Fuczyan
provinciyasini yapon tasir doirasiga kiritishni nazarda tutgan modda bor
edi.Ushbu provinciya juda qulay geostrategik nuqtada joylashgan bo’lib,
Yaponiyaning Gonkong va Filippinni susaytirish uchun yaxshi imkoniyat yaratar
edi.Undan tashqari yapon fuqarolari missionerlik faoliyati bilan shug’ullanish
erkinligini beruvchi modda ham bor edi.Agar Yaponiyaning 21 modda talablari malgam
oshsa, Xitoy Yaponiyaga to’la ravishda bo’ysundirilar edi.
AQSh Yaponiyaning
Xitoydagi harakatlarini cheklashga harakat qildi. Shu maqsadda AQSh Xitoyga
diplomatik yordam ko’rsatdi. 1915 yil mart oyida AQSh davlat kotibi
Brayan Yaponiya hukumatiga uning Xitoyga nisbatan qo’yilgan talablarga
qarshiligi haqida nota yubordi.
Yuan Shikay hukumati yapon
hukumatiga o’z javobini aytishga shoshilmas edi.Buning sababi o’laroq Yaponiya
Shandun, Manchjuriya va bir qator joylarda o’z qo’shinlarini kuchaytirdi.
Xitoy esa qolaversa
Yaponiyaning Czyanchouni qaytarishini va kelgusi yapon-german muzokaralarida
xitoyning ham ishtirok etishini so’radi. Buning javobi tarzida 1915 yil 7 may
kuni Yaponiyaning Xitoyga nisbatan ultimatumi e’lon qilindi.Unga ko’ra agar
Xitoy Yaponiya qo’ygan
talablarga rozi bo’lmasa, unda Yaponiya o’zi joiz deb bilgan istalgan chorani
qo’llashini aytdi. Ammo Amerikaning aralashuvidan hadiksirab Yaponiya
beshinchi gurux talablaridan voz kechdi. Faqatgina Funczyan provinciyasiga
aloqador modda qoldirilgan edi.
AQSh boshqa yirik
davlatlarning aralashuvini tashkil etmoqchi bo’ldi. Ammo na Angliya, na Rossiya
Germaniyaga qarshi urush sharoitida Yaponiya bilan janjallashishni istamas
edi. 8 may kuni Xitoy ultimatum shartlarini qabul qildi.
Oradan bir necha kun
o’tmasdan AQSh Tokioga shuni habar qildiki, AQSh hukumati Xitoy va Yaponiya
o’rtasidagi shartnomani tan olmaydi va ushbu shartnoma AQSh manfaatlariga
to’gri kelmaydi, qolaversa Xitodagi hamma millatlar haq-huquqlarini poymol
etadi.Ammo AQSh amalda Xitoyga yordam berish uchun hech qanday choralar
qo’llamadi.
Birinchi
jahon urushining yakunlanishi
Rossiyada fevral inqilobi
oqibatida bu davlat urushdan chiqishga majbur bo’ldi. Buning uchun 1918 yil 3
martda Brest-Litovsk shaxrida Germaniya bilan tinchlik shartnomasi
imzolandi.Brest-Litovskdagi shartnoma Antanta mavqeini anchagina
kuchsizlantirdi. Germaniya bundan foydalanib hal qiluvchi zarba berishga ahd
qildi.1916 yildan boshlab Germaniya Sharqiy Yevropani o’z nazorati ostiga
olgan, uning barcha boyliklari, ayniqsa, oziq-ovqatidan foydalanish, o’zining
barcha qurolli kuchlarini g’arbiy frontda to’plashga erishgan edi.Jang deyarli
4 yildan buyon davom etar, tomonlarning hech qaysisi hal qiluvchi
muvaffaqiyyatga erisha olmagan edi. Front chizig’ining har ikki tomonida
qazilgan handaklar Belgiya soxillaridagi Nyu-Port shaxridan Ipr, Arras, Albert, Suasson, Reyms va Verdengacha cho’zilgan edi.Ko’plab qurbonlar berilishi va
zaharlovchi moddalar hamda tanklar singari yangi qurol turlaridan foydalanishga
qaramay, urushayotgan tomonlarning muvaffaqqiyat qozonish uchun jon-jaxdlari
bilan qilgan harakatlari hech bir natija bermadi.
Germaniya qo’mondonligi
jangni g’olibona ta’sirchan zarba bilan yakunlashga qaror qildi. 1918 yil aprel
oyida nemis qo’shinlari Antanta mavqelariga kuchli hujum boshladi. Dastlab
ular muvaffaqiyatli hamla qilib, Antanta qo’shinlari mudofaasini yorib o’tdilar
va Marna daryosi sohillariga chiqdilar. Uzoqqa otadigan to’plar bilan Parijni
o’qaa tutdilar. Ammo muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun Germaniya yetarli
zaxira topa olmadi.Mamlakat holdan toygan, armayaning harbiy ruhi cho’kkan,
xalq urushdan charchagan edi. Ayni paytda Antanta AQSh dan to’xtovsiz yordam
olib turardi. AQSh “shartnomaga qo’shilgan mamlakat” sifatida 1917 yil aprel oyida
urushga kirgan edi.Germaniya endi hujum qilishdan ojiz ekanligi ma’lum bo’lib
qolgach, Antanta mamlakatlari barcha frontlarda hujumga o’tadilar va nemis
qo’shinlari bosib olgan Belgiya va Franciya hududidan siqib chiqara boshladilar.
Antanta davlatlarining
hujumi 1918 yil avgust oyida boshhlandi. Germaniyaning g’arbdagi fronti yorib
o’tildi va Antanta qo’shinlari uchun Germaniya hududiga yo’l ochildi.Bolqonda,
Saloniki shahri yaqinlarida ittifoqchilarning ko’p millatli ekspediciya korpusi
bolgar qo’shinlari mudofaa chiziq’ini yorib o’tdi va oktyabrda Dunay
soxillariga chiqdi.Avstriya qo’shinlari Vitoriyo Veneto yaqinida 1918 yil
sentyabrida mag’lubiyatga uchradilar. Germaniya boshchiligidagi To’rtlat
ittifoqi harbiy jihatdan mag’lub bo’lib, tarqalib ketdi.
Germaniya oliy
qo’mondonligi shundan keyen mag’lubiyatdan qochib qutulolmasligini anglab
yetdi. Amalda butun hokimiyatni o’z qo’lida tutgan Germaniya bosh shtabi
boshlig’i general E. Lyudendorf Germaniyaning harbiy mag’lubiyatini tan olmagan
holda faxrli tinchlik bitimini imzolash yo’llarini qidira boshladi. Kelajakda
mag’lubiyat mas’uliyati harbiylarga, armiya va generallarga emas, balki
Germaniya armiyasini saqlab qolish uchun bu ishni hal qilishga hozir bo’lgan
fuqaro shaxslar, diplomatlar va amaldorlar zimmasiga tushishi uchun tezda sulx
tuzulishini talab qilmoqda edi. Ammo ittifoqchilar, birinchi navbatda AQSH
prezidenti Vudro Vilson muzokaralarni faqat Germaniya demokratik hukumati vakillari
bilan olib borishlari mumkinligini aytib, kayzer Vilgelm hukumati bilan bitim
tuzish taklifini qat’iyan rad etdilar. Lyudendorf ittifoqchilarning bu
taklifini qabul qilinishini va darhol demokratik asosda yangi hukumat tuzishni
yo’qlab chiqdi.1918 yil oktabyirida shaxzoda Maks Badenskiy hukumati tuzildi.U
Germaniya xalqi nomidan muzokara olib borishi kerak edi.Ammo Antanta
mamlakatlari hukumatlari buni qabul qilmadi, chunki u kayzerning avtoritar
tartiboti vakili edi.
Bu orada Antanta
qo’shinlari barcha frontlarda hujumni kuchaytirdilar va Germaniya
ittifoqchilari birin-ketin taslim bo’la boshladi.
1918 yil 4 oktyabr kuni
Chexiya va Slovakiya Avstro-Vengriya tarkibidan ajralib chiqdi hamda mustaqil
Chexoslavakiya davlati tuzilganinin e’lon qilindi.
28 oktyabrda Serb, horvat
va slovenlar qirolligi tuzilganligi e’lon qilindi. (1918 yildan boshlab
Yugoslaviya qirolligi). Shimoliy Bukovina Ukrainaga, Galiciya Polshaga
qo’shliganligini bildirdi
31 oktyabrda Avstriya va Vengriyada
monarxiyalar ag’darib tashlandi hamda Avstriya va Vengriya respublikalari
tuzildi. Ular Antanta mamlakatlari taklif etgan yarashuv shartlarini qabul
qildilar.
1918 yil 29 sentyabrda
Bolgariya, 30 oktyabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstro-Vengriya taslin bo’ldi.30
oktyabrda Turkiya imzolagan tarashuv bitimiga ko’ra, uning qo’shinlari arab
mamlakatlaridan olib chiqilishi, turk armiyasi qurolsizlanishi, flot ingliz va
francuz boshqaruvi ostiga o’tishi lozim edi.
1918 yil 30 sentyabr kuni
Germaniya hukumati AQSh ga yarashuv bitimini imzolash taklifi bilan murojaat
qildi. Ayni paytda qo’shinlar qo’mondonligi Mamlakat harbiy axvolini yaxshilash
uchun yirik dengiz operaciyasini boshlash haqida qaror qabulk qildi. 30
oktyabrda Germaniya harbiy eskadrasi
1918 yil 9 noyabr kuni
Germaniyada respublika e’lon qilindi.Oradan ikki kun o’tgach, 1918 yil 11
noyabr kuni Parij yaqinidagi Kompyen o’rmonida, Yevropadagi Antanta
qo’shinlari bosh qo’mondoni francuz marshali Foshning vagon qarorgohida
Germaniya hay’ati o’z hukumati nomidan yarashuv haqidagi, amalda Germaniyaning
mag’lubiyati borasidagi bitimni imzoladi.
Xulosa
Birinchi jahon urushi
mobaynida xalqaro munosabatlar asosan urushayotgan mamlakatlar o’rtasidagi
ziddiyatlarning kuchayishi va har bir davlatning hoh u yirik bo’lsin, hoh u
kichik urush paytida vujudga kelgan ba’zi bir qulay vaziyatlardan foydalanib
qolish bilan asoslanadi.Urush davomida va ungacha bo’lgan paytda asosan ikki
blok Antanta va Germaniya boshchiligidagi blokning o’zlariga ittifoqchilar
axtarish, urushning borishini o’z foydalariga hal qilish uchun kurash
boradi.Ammo voqealar qanday rivojlanishidan qatiy nazar birinchi jahon urushida
hech bir urushyotgan davlat aytarli yutuqqa erishmadi.Bu urushda bevosita 36
davlat qatnashib, ularning urushga jalb etgan inson resurslari 70 milliondan
oshdi.Qurbon bo’lganlar va yaralanganlar soni esa 18 million kishini tashkil
etdi.
Foydalangan adabiyotlar
1. “1914 yil 1 avgust”,
Yakovlev N. N.,Moskva, Fargus.
2. “Yangi va eng yangi
tarix”, Popov E. I., Moskva.
3. Yevropa tarixi,Koll.
avtorov.,M.,1986-1996
4. Eng yangi tarix XX asr,
Kreder A.A, M., 1996
5. Jahon tarixi-eng yangi
davr, 1 qism, G.A. Hidoyatov , T.,2000
[1]
“Mejdunarodniyi otniosheniya…”,seriya iii, t.VI, ch. 11,25 b.
|